Yo’lovchilar uchun qulayliklar
22.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-5781 “O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi bilan birgalikda mamlakatimiz va qo’shni davlatlar shaharlari o’rtasida transport aloqalarini ta’minlash bo’yicha rejalar ishlab chiqilmoqda. “E-ticket” onlayn chipta savdosining jismoniy va yuridik shaxslarga, hamda foydalanish uchun qulay va shaffof bo’lgan tizimini 2019 yilning 1-sentyabriga qadar ishga tushurish jarayoni jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda va ushbu tizim bugungi kunda test rejimida ishlatilmoqda.

Shuningdek, chipta harid qilishdagi mavjud muammolar, ya’ni mahalliy va yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” yo’lovchi poyezdlariga chiptalarining tanqisligini bartaraf etish masalasi bo’yicha jami 16ta qo’shimcha (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi 12ta, Toshkent – Urgench – Toshkent yo’nalishida – 4ta) poyezdlar qatnovi joriy etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq