UZMOBILE O’zbekiston hududlarida tarmoqlarni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida so’zlab berdi
22.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

21-avgust kuni «O’zbektelekom» AK Uzmobile filialining press-turi bo’lib o’tdi. Unda jurnalistlar uyali aloqa vositasining ob’ektlaridan biriga tashrif buyurishdi, UZMOBILE mobil laboratoriyasi faoliyati bilan tanishishdi va Radisson Blu mehmonxonasida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida ishtirok etdilar.

Press-tur O’zbekiston Mustaqilligi kuni arafasida bo’lib o’tganligi sababli, ushbu tadbir «O’zbekiston» mehmonxonasidan yo’l olgan ikki qavatli turistik avtobusda diqqatga sazovor joylarda olib borilgan ekskursiya sifatida tashkil etildi.

Jurnalistlarga UZMOBILE mobil laboratoriyalarining harakatda ishlashi, shuningdek, telekommunikatsiya uskunasi, shu jumladan operator uskunalari, 2G, 3G va 4G (LTE) texnologiyalaridan foydalanadigan tayanch stansiyalarining operator uskunalari va ekspluatatsiyasi namoyish etildi.

«O’zbektelekom» AK O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Obod Qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish bo’yicha tadbirlar rejasini» amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Umuman olganda, «O’zbektelekom» AK O’zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 478 qishloq aholi punktlarida, mahallalarda va qishloqlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilamoqda.

Press-tur davomida jurnalistlarga O’zbekiston hududlarida UZMOBILE tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, qishloq joylarda yangi baza stansiyalarini o’rnatish va yangi xizmatlarni joriy etish to’g’risida so’zlab berildi.

Matbuot anjumanida «O’zbektelekom» AK Uzmobile filiali mutaxassislari amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berishdi. Masalan, 2019-yilda UZMOBILE 3100 dan ortiq yangi baza stansiyalari (BS) foydalanishga topshirildi va yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 3500 dan oshishi rejalashtirilmoqda.

Bunday miqdorda yangi baza stansiyalarni o’rnatish operator tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ushbu tashabbus yirik shaharlarda va viloyat markazlarida 4G LTE texnologiyasini qamrab olishning maksimal darajasiga yaqinlashishga imkon beradi, bu esa o’z navbatida mahalliy abonentlar va sayyohlar uchun xizmat sifatini oshiradi.

Qishloq joylarda UZMOBILE tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda foydalanishga topshirilgan 3,7 mingta baza stansiyalarning 2 mingdan ortig’i qishloq joylarda joylashgan. Milliy Operator kompaniyasi «Obod Qishloq» davlat dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda va ushbu dastur doirasida joriy yilda 140 ta qishloqda mobil aloqa tashkil etiladi.

UZMOBILE bugungi kunda tarmoqni yanada rivojlantirish bo’yicha loyihani ishlab chiqmoqda, loyiha esa barcha mavjud baza stansiyalarni LTE standartiga moslashtirishni ta’minlaydi. Ushbu yechim butun respublika bo’ylab abonentlarga keng tarmoqli Internetga kirishga, shuningdek ko’ngilochar va kerakli ish sohasiga oid xizmatlaridan, masalan, elektron hukumatning interaktiv xizmatlaridan foydalanishga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda xizmatlarning sifati nafaqat standart tayanch stansiyalarning imkoniyatlariga, balki ommaviy tashriflar paytida ichki yoritish uchun maxsus yechimlarga ham bog’liqligiga asoslanib, operator aeroportlar va yirik savdo markazlari kabi joylarda mini-baza stansiyalaridan ham foydalanadi.

Sifat ko’rsatkichlarini doimiy ravishda kuzatib borish uchun operator tarmog’i radio ko’rsatkichlarini o’lchash uchun innovatsion mobil tizim orqali sinovdan o’tkaziladi. Press-tur doirasida UZMOBILE mobil laboratoriyalari faoliyati jurnalistlarga namoyish etildi.

Matbuot anjumanida yangi avlodning eng so’nggi mobil aloqa texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Bugungi kunda Uzmobile filiali O’zbekistonda birinchi 5G standartidagi mobil tarmoqni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

UZMOBILE tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish davom etmoqda. Kelgusida operator tarmoqlarni rivojlantirishni va innovatsion aloqa xizmatlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. UZMOBILE tarmoqlarini rivojlantirish davom etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq