MyUzcard yangi mobil ilovasi Uzcard tomonidan havola etilmoqda
22.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Yo‘l harakati xavfsizligi Boshboshqarmasi xabarnomalari” yangi xizmat turi MyUzcard mobil ilovasi orqali foydalanishga taqdim etildi. Ushbu xizmat turi yordamida mavjud jarimalardan xabardor bo‘lish va unga belgilangan to‘lovni onlayn tartibda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Yuqoridagi qulaylikdan tashqari MyUzcard mobil ilovasida mahsulot va xizmatlarga, jumladan, kommunal xizmatlari, mobil aloqa, internet, soliq va boshqa xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

MyUzcard mobil ilovasi qator innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, kartadan kartaga pul mablag‘ini o‘tkazish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirilgan, ya’ni pul mablag‘larini yuborish vaqtida qabul qiluvchining karta raqamlarini bilish shart emas. Ushbu mobil ilova orqali kartaning @Username va QR kodlari generatsiya qilinadi hamda ularni qo‘llagan holda pul mablag‘ini boshqa kartaga o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Mobil ilovaning interfeysi, bosh ilovasi va funksiyalari foydalanuvchi so‘roviga binoan sozlanishi, uning ustuvorlik jihatlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, MyUzcard dasturchilari tomonidan foydalanuvchilar uchun dizayner sifatida mahoratlarini qo‘llash imkoniyati yaratilgan. Qo‘shimcha imkoniyatlar qatorida moliyaviy holatni “To‘lovlar tarixi” funksiyasi orqali samarali boshqarish va mamlakatdagi valyutalar kursi bilan doimiy ravishda tanishish taklif etilgan.

Ta’kidlash joizki, MyUzcard mobil ilovasi nafaqat mahalliy Uzcard kartalarini, balki Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. MyUzcard mobil ilovasini AppStore va Google Play orqali yuklab olishingiz mumkin:

Google Play:

https://play.google.com/store/apps/details?id=mobile.uzcard.uz.uzcard

Appstore:

https://apps.apple.com/uz/app/myuzcard/id1447849889

Shuningdek, ushbu ilovadan mobil qurilmalari va quyidagi yo‘llar orqali foydalanish mumkin:

1. Web–sayt (https://www.myuzcard.uz)

2. Telegram –bot (@MyUzcard)

Savol va takliflaringiz bilan MyUzcard call-markaziga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin: (+998 71) 200 28 28.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq