Moliyalashtirishni izlash — O‘zbekiston startap kompaniyalari uchun o‘ta dolzarb masalа
22.08.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Startap — bu tadbirkorlar tomonidan ilgari ishlatilmagan innovatsion g‘oya yoki rivojlanishga asoslangan yangi biznes loyihasidir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti mamlakatimiz startap ekotizimining qizg‘in davrlaridan birini boshdan kechirmoqda. Startaplarni tashkiliy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun fondlar, akseleratorlar va inkubatorlar yaratish, shuningdek, mamlakat soliq tizimini takomillashtirish, ichki qonunchilik bazasini rivojlantirish — bularning barchasi mamlakatning startap-ekotizimi o‘sishi va o‘sishi, xalqaro maydonda ijobiy imiji yaratilishi uchun ajoyib asosdir. O‘zbekiston jahon darajasidagi innovatsiyalarni yaratishi mumkinmi, bu yerda ilg‘or startap kompaniyalari paydo bo‘lishi mumkinmi, degan savollarga endi mavhum javoblar berilmayapti. Mamlakatimiz startap ekotizimining boshlang‘ich bosqichlarini rivojlantirishda muhim qadamlar qo‘ymoqda.

2019-yil iyul oyida ERGO Research & Advisory konsalting va tadqiqot kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning startap kompaniyalari so‘rovnomasi o‘tkazildi. Unda 80 ga yaqin startap-kompaniyalar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning startap kompaniyalarini o‘rganish uchun EERGO Research & Advisory kompaniyasi Yevropa mamlakatlari va MDHda olib borilgan taqiqotlar asosida o‘zbek va rus tillarida so‘rovnoma ishlab chiqdi. Onlayn anketa savollari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali boshlang‘ich kompaniyalarga tarqatildi.

Startap kompaniyalar

O‘zbekistonda o‘rtacha startap — AKT sohasida 1 yilgacha muddat davomida faoliyat yuritayotgan kompaniya bo‘lib, ikkita erkak asoschilardan iborat.

O‘zbekiston startaplari nisbatan kichik kompaniyalardir, xodimlar soni 1 nafardan 9 nafargacha, kelgusi yili esa xodimlar sonini 3 nafardan 5 nafarga oshirishni rejalashtirgan. So‘rovnomada ishtirok etgan kompaniyalarning 88 foizi xorijiy mutaxassislarni jalb qilmaydi. Startaplarning yarmidan ko‘pi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun idora binosini ijaraga oladi, bu ularning xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi va daromadlarni kamaytiradi. 25 foizi esa uyda ishlaydi.

Asoschilari

O‘zbekistonda startapning o‘rtacha asoschisining yoshi 30 da bo‘lib, u iqtisod bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan, ingliz tilini erkin biladigan, o‘z g‘oyasini milliy bozorimizda joriy etishni istagan insondir. Xorijda va yirik kompaniyalarda faoliyat yuritgan, shuningdek, biznes yuritish tajribasiga ega. Startapdan tashqari, uning yana boshqa ishi bor. Oilali

Biznes

Aksariyat startaplar shaxsiy mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi, ularning o‘rtacha aylanmasi esa 2019-yilda 1,5 mlrd. so‘mga yetishi mumkin. 57 foiz milliy startaplar b2b sohasida ishlaydi, ularning asosiy mijozlari yuridik shaxslardir. Startaplarning 63 foizi savdo geografiyasi ichki bozor bilan chegaralanmaydi.

Mahalliy startap kompaniyalari 54 foizi mahsulot va xizmatlarni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Startaplarning 80 foizi innovatsion loyihalar bo‘lib, ular kompaniyalari faoliyatida raqamlashtirishning roli muhim ekanini qayd etadilar.

O‘zbekiston startap ekotizimida startaplarga asos solgan ayollarning ulushi juda kichik. startap kompaniyalarning xodimlaridan to‘qqiztasidan ikkitasi ayollardir.

Ko‘nikmalar

Tadqiqot natijalari innovatsion loyiha xodimi uchun zarur bo‘lgan eng yaxshi 5 ta ko‘nikmani aniqladi. O‘zbekistonda startap kompaniyasining xodimi bo‘lish uchun nomzodga texnik ko‘nikmalar, g‘ayrat-shijoat, muloqot ko‘nikmalari, kasbiy mahorat va tanqidiy fikrlash zarur.
Qiyinchiliklar

Aksariyat startaplar hech qaysi tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Biznesni rivojlantirish bosqichlarida startaplarning asosiy muammolari ortiqcha burokratiya, murakkab qonunchilik tizimi va boshlang‘ich kapitalni topishdagi murakkabliklardan iborat.

Moliyalashtirishni izlash — O‘zbekiston startap kompaniyalari uchun o‘ta dolzarb masala. 60 foiz startaplarning fikricha, 2019-yilgi eng katta to‘siq bu moliyalashtirish muammosidir. Bundan tashqari, 20 foiz startaplarning fikriga ko‘ra, moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi milliy startaplarning asosiy muammosidir. Shuningdek, 27 foiz startaplar o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar zarurligini aytdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq