LBMA investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimini joriy etmoqda
21.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Respublika rahbariyati tomonidan loyihalarni jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — tizim) joriy etmoqda, bu esa respublika bo‘yicha investitsiya va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya va mahalliy dasturlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish imkonini beradi. Loyiha doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari ishtirokida loyihalarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi, tasdiqlangan tarmoq jadvallarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish, ishonchli statistik ma’lumotlarning shakllanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida LBMA tomonidan loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblangan «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan tizim qo‘yidagi imkonlarni beradi:

— loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;

— loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;

— investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va o‘zlashtirilgan hajmlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;

— loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha xavf-xatarlarni aniqlash;

— investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.

Tizimni ishlab chiqishda investitsiya dasturlari amalga oshirilishining istiqboldagi talablari va tendensiyalari inobatga olingan. Tizimning funksional imkoniyatlari maksimal darajada «egiluvchan» formatda yaratilgan bo‘lib, qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, tizim foydalanuvchilari va administratorlari uchun tizimli zanjirlarni sozlash imkoniyatini beradi. Kiritiladigan va tizimdan olinadigan loyihalar amalga oshirilishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, shakllar, jadvallar va infografikalarni sozlash parametrlari deyarli chegaralanmagan imkoniyatlarga ega.

Tizim ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan.

Ayni paytda tizim test rejimida ishlamoqda, loyihalar tashabbusi bilan chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat va monitoring qilish jarayoniga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarini tizimga ulash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Axborot tizimini joriy etish real vaqt rejimida samarali monitoring olib borish, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini, investitsiyalar jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirish shaffofligini ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda xavflarni prognozlash va oldini olish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va bu orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

Axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, tegishli xarajatlar va byurokratik sansalorlikni kamaytirish imkonini beradi.

2019-yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5717-sonli Farmoni qabul qilindi, unga asosan «UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MChJ tizim operatori etib belgilandi.

2019-yil 19-avgustdan boshlab Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun tizim bilan ishlash bo‘yicha master-klasslar o‘tkazish uchun Agentlik va UZINFOCOM vakillari tomonidan respublika hududlariga chiqish rejalashtirilgan. Master-klasslarda tizimga dastlabki ma’lumotlarni kiritish, investitsiya va infratuzilma loyihalarini monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.

Tizimning mukammal va uzluksiz ishlashini, shuningdek barcha foydalanuvchilarning o‘z vazifa va funksiyalarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi «Investitsiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 616-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida Reglament tasdiqlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq