Yuridik shaxslar uchun uzcardtrade.uz elektron yarmarkasi
20.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi elektron tijorat sohasidagi hamkorlar bilan birgalikda Uzcard korporativ kartalaridan foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun Uzcardtrade.uz savdo platformasini ishga tushirdi.

Uzcardtrade.uz ishga tushishi bilan korporativ kartadan foydalanuvchi yuridik shaxslar haftaning barcha kunlari 24 soat davomida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa boshqa to‘lov turlariga nisbatan sezilarli ustunlik hisoblanadi.

Ushbu elektron platforma O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va xaridorlar tomonidan “Narxni so‘rash” va “Raqobatli xaridlar” kabi xarid usullaridan foydalanish mumkin bo‘lgan elektron yarmarka hisoblanadi.

Elektron platformaning asosiy afzalligi hujjatlardan elektron shaklda foydalanish bo‘lib, bunda ishonchnoma, hisobvaraq-faktura va cheklar elektron ko‘rinishda shakllanadi va ishtirokchilarning elektron raqamli imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar Faktura.uz kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Elektron yarmarka ishtirokchilarining ijro intizomini oshirish maqsadida tizimda tuzilgan shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydigan mexanizm ham joriy etilgan. Xususan, shartnoma tuzilganidan so‘ng sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov mablag‘lari korporativ kartada muzlatiladi va faqatgina sotuvchi tomonidan tovarning yetkazib berilishi va qolgan majburiyatlar bajarilishi bilan sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq