Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini chuqur o‘rganish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktabga qabul boshlandi
20.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qiladi.

Maktabga o‘quvchilar tanlov asosida 5-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar onlayn tarzda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (http://www.akss.uz/qabul2019/) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shaharida joylashgan maktabbinosida qabul qilinadi (manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Tepa Masjid ko‘chasi 4-uy).

Hujjatlar joriy yil 23-avgustgacha qabul qilinadi.

Ish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha.

Tanlov joriy yilning 24-25-avgust kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

— tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

— maktabda o‘qishi haqida ma’lumotnoma;

— fotosurat (3,5×4,5 sm). (6 dona);

— direktor tamonidan tasdiqlangan tabel nusxasi (4-sinf);

— Fayl papka (maktab binosida (Off-line) topshiruvchilar uchun).

Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 2 Mb dan katta bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (http://www.akss.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: (71)262-15-29, (71)262-15-38

Izoh: Tabelda faqat “4” va “5” baholar bo‘lishi shart.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq