Yandex o’zbek tilidagi Xabarlarni yo’lga qo’yadi
19.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex.Xabarlar o’zbek tilida nashr etiladigan, OAV to’plash va namoyish qilishni rejalashtirmoqda. Bu mahalliy nashrlarga yangi auditoriyani jalb qilishda yordam beradi, foydalanuvchilar esa yangiliklarni qaysi tilda o’qishni tanlashlari mumkin.

«Odamlarda voqealar haqida to’liq va obyektiv ma’lumot bo’lishi kerak, shuning uchun biz barcha yangiliklarni — ham rus, ham o’zbek tillarida namoyish etishni xohlaymiz. Ko’pgina mahalliy nashriyotlar allaqachon bizga rus tilidagi maqolalarni yetkazishmoqda. Biz OAV o’zlari nashr etayotgan o’zbek tilidagi materiallar bilan ham bo’lishishlarini kutamiz. Shunda bizning foydalanuvchilarimiz barcha yangiliklardan xabardor bo’lishadi», deydi Yevgeniy Lukyanchikov, Yandeksning O’zbekistondagi mintaqaviy direktori.

Hozirda Yandex.Xabarlar O’zbekistonda faqatgina rus tilida ishlashmoqda. Xizmat sheriklardan xabarlar olib, kunlik yangiliklar sur’atini shakllantirmoqda: muhimini ajratib olib, yangiliklarni sarlavhalarga muvofiq tarqatadi. Bir narsa haqidagi xabarlar syujetlarga birlashtiriladi. Syujet sahifasida, nima sodir bo’lganligi haqida o’qish, sur’atlar va video ko’rish, va qaysi OAV bu haqida yozayotganini bilish mumkin. Shu bilan birga xizmat nashriyotlar materiallarini nashr qilmaydi, faqatgina fragment va sarlavhalarni ishlatadi. Maqolani o’qish uchun, OAV saytiga o’tish mumkin.

O’zbekiston va dunyodagi eng muhim voqealar yandex.uz saytiga kiradi. Bu ham insonning aralashuvisiz sodir bo’ladi. Asosiy yangilikni tanlashda xizmat turli xil omillarni, shu jumladan voqea haqidagi materiallar miqdori va ommaviy axborot vositalarining ishonchliligini hisobga oladi. Xuddi shu tarzda, xizmat o’zbek tilidagi yangiliklar bilan ham ishlaydi.

Eksklyuziv materiallarni rus yoki o’zbek tilida (lotin tili) nashr etadigan har qanday nashriyot, xizmatning hamkori bo’lishi mumkin. Buning uchun info@news.yandex.rumanziliga so’rov yuborish kifoya. Bunga javoban xizmat jamoasi ulanish bo’yicha kerakli ma’lumotni yuboradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq