LBMA agrodronlardan foydalangan holda hosildorlikni oshirish texnologiyasini ishga tushirmoqda
19.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli yechimlarni joriy etish loyihasini ishga tushirmoqda.

Agrosanoat kompleksini monitoring qilish texnologiyasi ekinlarning turli vegetativ davrlarida havodan tasvirlash yo‘li bilan dalalarning aniq chegaralari va maydonlarini, yer satxining raqamli modellarini yaratish, maydonlarni inventarizatsiya qilish, asosiy ozuqa moddalarining va mikroelementlarning dalalar maydoni bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash imkonini beruvchi raqamli multispektral kamera o‘rnatilgan maxsus dronni ishlatishdan iborat. Joriy etilayotgan texnologiya bilan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish hosildorlikni oshirish va mamlakatning raqamli iqtisodiyotida soha ahamiyatini oshirish imkonini beradi.

Kelajakda, mazkur yangi texnologiyalar joriy etilishi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirish uchun an’anaviy dehqonchilik yondashuvlaridan «aniq dehqonchilik» tizimiga o‘tilishi mumkin.

«Aniq», ya’ni raqamlashtirilgan tasvir va tahlilga ega, dehqonchilik, bugungi kunda dunyoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning trendi hisoblanadi va qishloq xo‘jaligini kompleks boshqarishning yuqori texnologik tizimini nazarda tutadi. Ushbu konsepsiya global joylashishni aniqlash texnologiyalari (GPS), jo‘g‘rofiy axborot tizimlari (GIS), hosildorlikni baholash texnologiyalari (Yield Monitor Technologies), o‘zgaruvchan me’yorlar texnologiyasi (Variable Rate Technology), yerni masofadan zondlash texnologiyasi (DZZ) va «Things Internet» (IoT) texnologiyasi yechimlarini o‘z ichiga oladi.

Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, agrodronlarning apparat-dasturiy kompleksi mintaqamizning iqlim va ob-havo sharoitlariga osongina moslashadi, shuningdek, aniq dehqonchilik tizimidagi yangi ehtiyojlarga muvofiq qayta jihozlanishi mumkin. Agrodronlarni joriy etish va ulardan foydalanishdan tushadigan foydaning bir qismi agrodronlarning konstrutsiyaviy qismlarini va dasturiy ta’minotini muntazam zamonaviylashtirish va ularning imkoniyatlarini oshirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Agrodron texnologiyalarini joriy etish respublikamizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga imkon beradi. Jahon amaliyoti raqamli texnologiyalarni qo‘llashning iqtisodiy foydasi yuqoriligini ko‘rsatmoqda: texnologiyalarni joriy etish natijasida kasalliklarni erta aniqlash va vegetativ davrlarni yanada aniqroq nazorat qilish evaziga hosildorlikni 20% ga oshirish va ishlatilayotgan pestitsidlar hajmini 30% ga kamaytirish imkonini beradi.

Yangi texnologiyalarni sifatli joriy etish va doimiy qo‘llash maqsadida «Geoinnovatsiya markazi» DUK qoshida «Raqamli kadastr» MChJ ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, «Geoinnovatsiya markazi» DUK 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi «Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3639-son qarori asosida tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxona hisoblanadi. Mazkur qaror bilan muvofiq markazga O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz texnologiyalarni o‘zlashtirish va mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida uchuvchisiz uchish vositalarini qo‘llash qamrovini kengaytirish vazifalari yuklatildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq