Yandex o’zbekistonliklar uchun Klaviaturani ishga tushirdi
15.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex O’zbekistonda smartfonlar uchun virtual klaviaturani ishga tushirdi. Unda muloqot qilish uchun zarur bo’lgan, hamma narsa bor: matnni kiritishda yordamlar, giflar, emodzi, stikerlar, matnni ovozli kiritish va tarjimon. Yozishmani o’zbek, rus, ingliz va yana 12 tilda olib borish mumkin.

Klaviatura foydalanuvchiga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan, keyingi so’zni topib, matnni tez kiritishga yordam beradi. Agarda «Hayrli» so’zini tersangiz, u «kun» va «tun» so’zlarini taklif etadi. Va qancha ko’p odam ushbu Klaviatura bilan ishlasa, shunchalik yordamlar aniq bo’ladi. U xatolarni tuzatadi, shuningdek tartibni osongina o’zgartiradi — probel belgisi bo’yicha barmoq bilan o’tishning o’zi kifoya. O’zbek tilida ham lotin, ham kiril alifbosida yozish mumkin.

Matnni hattoki yurib ketayotganingizda, kerakli xarflarga tegish qiyin bo’lgan payt ham kiritish qulay. Klaviaturada doimiy matn kiritish bor: shunchaki barmoq bilan bir xarfdan ikkinchi xarfga yuritish va yordamlarda so’zlarni tanlash mumkin. Klaviaturaning chap qismi ustida yoqiladigan, virtual djoystik esa, kursorni matn bo’yicha osongina siljitadi.

Emodzi, gif va stikerlar his-tuyg’u va fikrlarni so’zsiz yetkazishga yordam beradi. Ilovada hayotning turli hodisalariga to’g’ri keladigan — ham yurakcha, ham ma’qullab boshini egadigan gnomlar bilan gif variantlari mavjud. Agarda bu yetarli bo’lmasa, rasmlarni internetda qidirishingiz mumkin — Klaviaturada Yandex qidiruvi o’rnatilgan. Boshqa tilda so’zlashadigan odamlar bilan muloqot qilish uchun, tarjimon kerak bo’ladi: u 60 ta tilni biladi va replikalarni darhol tarjima qiladi.

Yandex.Klaviatura smartfonlar uchun Android bazasida mavjud, uni Google Playda yuklab olish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq