Uzcard banklararo to‘lov tizimining yangi hamkori: Tenge Bank
15.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) Uzcard banklararo to‘lov tizimining hamkorlar qatori kengayganini ma’lum qiladi.
Bugungi kunga kelib, Tenge Bank banki Qozog‘iston Xalq bankining filiali bo‘lib, Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining protsessing xizmatlaridan foydalanishni boshladi. Tenge Bank O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi oltinchi hamda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi birinchi bank hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, YaUPM provayderlik vazifasini bajarib, hamkorlarga protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, hozirda Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 30 ta bankga xizmat ko‘rsatilmoqda.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq