PwC vakillari bilan uchrashuv
15.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 8-avgust kuni «O’zbekiston pochtasi» AJda Bosh direktor v. b. A. Fayzullayevning PwC kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlari bo’yicha maslahatchi hamkori M. Mazur boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Suhbat boshida A.Fayzullayev O’zbekiston pochtasi faoliyati va hozirgi bosqichda yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Shu bois hamda PwC kompaniyasining dunyoning turli mamlakatlaridagi pochta operatorlari bilan hamkorlik bo’yicha ijobiy tajribasidan kelib chiqqan holda, ushbu kompaniyaning O’zbekiston pochta infratuzilmasini transformatsiya qilish bo’yicha takliflarini ko’rib chiqishga tayyorlik bildirildi.

O’z navbatida, M.Mazur uzoq vaqt davomida PwCning pochta mavzusi bo’yicha maslahatchi hamkori ekanligini ta’kidladi. Ko’plab mamlakatlarning pochta xizmatlarini modernizatsiya qilish va optimallashtirish bo’yicha strategik loyihalarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida tashkil etilgan taqdimot Rossiya va Polshaning pochta operatorlari bilan turli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha PwC ishining natijalarini aniq ko’rsatib berdi. Xususan, M. Mazurning aytishicha, bir necha yil oldin PwC tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar tufayli bankrotlik sharoitida bo’lgan Rossiya pochta xizmatini modernizatsiya qilinishi unga foyda ko‘radigan tashkilot maqomini qaytarishga yordam berdi.

O’tgan 10 yil mobaynida PwC Polsha pochta xizmatini transformatsiya qilishga yordam berdi. Eng muhim va samarali loyihalar nafaqat tovarlar, balki moliyaviy xizmatlar paketlarini ham e-tijoratini yo’lga qo’yish, Polsha pochtasining logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish bilan bog’liq bo‘lgan.

Natijada, Butunjahon Pochta Ittifoqi reytingida Polsha pochtasi bugungi kunda dunyoda oltinchi va Evropada esa birinchi o’rinni egallaydi. M.Mazurning fikriga ko’ra, Polsha va O’zbekiston juda ko’p umumiylikka ega: hududning deyarli bir xil maydoni, aholi soni va boshqalar. Shuning uchun Polshada amalga oshirilgan loyihalar O’zbekiston pochtasi uchun dolzarb bo’lishi mumkin. Lekin qarorlar faqat pochta bozoridagi vaziyatni puxta o’rganib chiqib, o’zbek mutaxassislarining fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida «O’zbekiston pochtasi» AJ Bosh direktori v. b. A.Fayzullayev PwC vakillariga ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar batafsil o’rganilishini ta’kidlab, O’zbekiston pochtasini yanada rivojlantirish bo’yicha «yo’l xaritalari» ni ishlab chiqishda o’zaro hamkorlikka umid bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq