IT-Park Unbound bilan hamkorlikda FTAD va TIP uchun saralash bosqichini oʻtkazdi!
15.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

IT-Park Unbound bilan hamkorlikda “FinTech Abu Dhabi” va “TIP Summit” xalqaro IT-musobaqalarining saralash bosqichini oʻtkazdi.

“FinTech Abu Dhabi” musobaqasi moliyaviy texnologiyalar sohasiga oid startup loyihalarni, “TIP Summit” musobaqasi esa “Tech For Good” sohasini qamrab oluvchi HealthTech, Energy va EnvironmentTech kabi startupʼlarni sarab oladi. Oʻzbekisondagi saralash bosqichi gʻoliblari BAAning poytaxti, Abu Dabida boʻlib oʻtadigan yakunlovchi bosqichga yoʻllanma olishadi.

“FinTech Abu Dhabi” musobaqasining yakunlovchi bosqichida butun dunyo boʻylab 50 startup-jamoalari qatnashadi. “TIP Summit” musobaqasida esa bunday jamolar soni 15 tani tashkil etadi. Yakunlovchi bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan 2 ta jamoa bellashadi.

Unbound vakili Igor Ovcharenkoning ta’kidlashicha, saralash bosqichlari Qozog’iston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon mamlakatlarida ham o’tkazilgan bo’lsa-da, qatnashish uchun eng yuqori arizalar soni aynan O’zbekistonda qayd etilgan.

Berilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu qatnashchilar “FinTech Abu Dhabi” musobaqasining saralash bosqichi uchun qabul qilingan: Abdulla Butaev – DiCredit.uz, Aslan Yaxtanigov – Payment Aggregation Systems, Alisher Alimov – Azma Bank, Nodir Badriddinov – Mayasoft Ltd, Ahadbek Dalimov – DigID LLC, Abduqaxxor Tashmuxamedov – Green Solutions LLC. “TIP Summit”ning saralash bosqichi uchun esa ushbu ishtirokchilarning loyihalari munosib deb topilgan: Nigora Akilova – FOM GROUP, Eldor Abduxamidov – Raisense, Ulugʻbek Kalanov – Integracia, Javoxir Joʻraxonov – MakeCraft, Asqar Jumanov – ERG.

«FinTech Abu Dhabi» final bosqichida O’zbekiston Respublikasi nomidan Nodir Badriddinov – «Mayasoft Ltd» jamoasi (PoS mobil aloqa terminali, barcha turdagi to’lov kartalaridan to’lovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit lenta orqali qabul qilish imkonini beradi) va «TIP Summit» da esa- IT-Parkning akseleratsiya dasturi ishtirokchisi bo’lgan Nigora Akilova «Arzon Apteka» loyihasi bilan (O’zbekistondagi dorixonalarda dorilarning narxi va mavjudligini, dorixonalarning joylashgan joyi va sonini aniqlashga yordam beradigan dorilarni topish xizmati) qatnashadigan bo’ldilar.

Taʼkidlab oʻtish joizki, IT-Park Abu Dabilik hamkorlar bilan ikkita loyihani amalga oshirmoqda. Ularning biri Unbound Tashkent loyihasi boʻlsa, ikkinchisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov boshchiligidagi Kelajak vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mGovAward loyihasidir.

Eslatib oʻtamiz, IT-Park – bu biznes-inkubatsiya, akselaratsiya va venchur moliyalashtirishni oʻzida jamlagan loyihadir. Shuningdek, u bozorda istiqbolli startup loyihalarini ishga tushirish va ishga tushirishni taʼminlashga moʻljallangan obʼektlar, binolar, inshootlar va jihozlar majmuasi hisoblanadi.

* “Unbound” – bu dunyo boʻylab raqamli jamiyat yordamida yangi gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlovchi global innovatsion platforma. Unboundʼning eng yirik hamkorlari qatorida Facebook, Microsoft, Netflix, Huawei, Yahoo!, Mastercard, Bayer va boshqa dunyoga mashhur kompaniyalari bor.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq