Sayyohlar uchun Wi-Fi tezligi yaxshilanadi
14.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugunga kelib raqamli texnologiyalar turistlarga butun dunyo boʻylab dadil va erkin sayohat qilish imkonini bermoqda. Sayyohlar birgina tugmani bosish orqali muloqot qilishi, bir joydan ikkinchisiga koʻchishi, toʻlov amalga oshirishi yoki boshqa qiziq narsalarni topishi mumkin, buning uchun esa, albatta, Internet tarmogʻi zarur. Shunday ekan, Internetga kirish sayyohning taassurotlarini yaxshi yoki yomon tomonga oʻzgartira oladi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan mehmonxonalarni butunjahon Internet tarmogʻiga kirish, jumladan 4 mb/sʻdan kam boʻlmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan taʼminlashga doir talablarni kiritish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yoʻllari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/sʻdan kam boʻlmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan taʼminlanadi.

Mazkur qadam turistik “aqlli shahar”ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanadi, bu yerda yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish yoʻlida xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq