Maxsus “Ishonch telefoni”
13.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

(+99871) 202-20-19 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” Davlat unitar korxonasida korrupsiyaga (poraxo‘rlikka) qarshi kurashish masalalari va muammolari bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish maxsus “Ishonch telefoni”.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘zRQ-419-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi matnlarda – Davlat inspeksiyasi) hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” Davlat unitar korxonasida (keyingi matnlarda – Markaz) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida aniqlab olish va xodimlarning noqonuniy namoyishlari haqida jamoatchilik hisobotlariga tezkor javob berish, Davlat inspeksiyasi va Markazda yuqorida eslatib o‘tilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus “Ishonch telefoni” faoliyat yuritmoqda.

“Ishonch telefoni” bo‘yicha berilgan xabarlarni qabul qilish Tartibi

Maxsus “Ishonch telefoni” bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari va muammolari bo‘yicha korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida ro‘y berganda quyidagi xabarlar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi:

Davlat inspeksiyasi va Markaz rahbarlari va xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar hamda ularga yuklangan majburiyat va vazifalari bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar sodir etganda, texnik topshiriqlarini va axborotlashtirish tizimini ekspertizadan o‘tkazilishida, sertifikatlashtirilmagan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari va ularning qurilmalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshiruvlarni belgilangan tartib va muddatlarini buzilishiga yo‘l qo‘yilganda;

Davlat inspeksiyasi va Markaz xodimlari tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, pochta aloqasi, davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini ko‘rsatishda qonun va normativ hujjatlar talablari buzilganda;

Maxsus “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari haqida familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxsning nomi, javob yuborishda kerak bo‘ladigan pochta manzili, aloqa uchun telefon raqami, shuningdek, xabarning mazmun-mohiyati haqida xabar beriladi.

Berilgan xabarning maxfiyligi kafolatlanadi

E’tibor bering!

Davlat inspeksiyasi va Markaz xodimlar haqida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va xodimlarning lavozim yo‘riqnomalariga aloqador bo‘lmagan xabarlar ko‘rib chiqilmaydi.

Agar xabaringiz aloqa tarmog‘i, axborotlashtirish, teleradioeshittirishlarni tarqatish, efir va efir-kabel televideniesi, pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish faoliyati va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatiga oid masalalar bo‘lsa, Siz Davlat inspeksiyasining “1144” raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz kerak.

Agar kelib tushgan xabar Davlat inspeksiyasi va Markaz vakolatiga kirmasa, Sizga tegishli vazirlik va idoralarga murojaat qilish yuzasidan tavsiyalar beriladi.

Maxsus “Ishonch telefoni”ga xabarlarni qabul qilish vaqti:

Maxsus “Ishonch telefoni”ga xabarlar qabul qilish va qayd etish avtomat tarzda programmalashtirilgan kompleks (internet aloqasi orqali) murojaat qiluvchi abonentni telefon raqamini aniqlaydigan hamda telefon suhbatlarini uzluksiz ravishda avtomatik yozib oladigan rejimda qabul qilinadi.

Avtomatik tarzda bitta xabarni qabul qiladigan uskunaning ishlash vaqti 5 daqiqagacha.

Maxsus “Ishonch telefoni” orqali xabarlarni qabul qilish dushanbadan jumagacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) 09:00 dan 13:00gacha va 14:00 dan 18:00gacha mas’ul xodim tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Diqqat! O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237- moddasiga asosan yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyatga oid qasddan noto‘g‘ri xabar berish uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq