“O‘zRTXB” AJ yangi logistika portalini ishga tushirdi
12.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zRTXB” AJ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda test rejimida mytransport.uz yangi logistika portalini ishga tushirdi.

Elektron portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4230 sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564 sonli farmonini ijro etish doirasida avtotransportda yuk tashish sohasida shaffoflikni ta’minlash va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

Birjaning yangi logistika portali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan tashuvchilarning yagona axborot resursi bo‘lib, unda buyurtmachilar va yo‘l transporti tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar qayd etiladi hamda transport logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha elektron interaktiv savdolarni o‘tkazish uchun ma’lumotlar elektron shaklda jamlanadi.

Veb-saytdan foydalanish uchun buyurtmachi mytransport.uz portalining shaxsiy kabinetida o‘z akkauntini ochadi hamda o‘zining buyurtmasini elektron shaklda rasmiylashtirish uchun yuk va uni tashish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi. O‘z navbatida, elektron tizim buyurtmani qabul qilib oladi va shartnoma tuzish uchun litsenziyalangan tashuvchilarga o‘z taklifini yuboradi.

Portalda buyurtma bajaruvchisi, ya’ni yuk tashuvchilarni izlash jarayonida, buyurtmachi onlayn tarzda mijozlar bilan interaktiv muzokaralarni olib borishi hamda yuk tashuvchilardan tijorat takliflarini olishlari mumkin. Yukni yetkazib berish taklifi kiritilishi bilan hamda yuk tashish bo‘yicha transport kompaniyasi tanlanganligidan so‘ng elektron tizimda yuk tashuvchilar tomonidan tasdiqlangan lot shakllanadi.

Transport xizmatlari foydalanuvchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida yaqin kunlarda, portalda GPS qidiruvi qo‘shimcha funksiyasini joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq