Bojxonachilar 1 mlrd. 100 mln. so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishini fosh qilishdi
12.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd. 100 mln. so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi.

Namangan shahrida fuqaro A.A. ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi “Kobalt” va “Neksiya 3” rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.

«RED MI” va “HUAWEI” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd. 100 mln. 102 ming so‘mni tashkil qilar ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq