Yagona portal: yanada oson va yanada qulay
09.08.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” va “Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlikda joriy yilning sentabr oyida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Portal)ning takomillashtirilgan talqinini taqdim etadi. Portal foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Portalning yangi interfeysi ishlab chiqildi, shuningdek, funksional imkoniyatlarni yanada kengaytirish va rivojlantirish maqsadida barcha taklif va mulohazalarni qabul qilishni boshladi.

“Loyiha ishga tushirilgan dastlabki kunlardanoq fuqarolar tomonidan ijobiy qabul qilindi va aholi o‘rtasida ommalashib, muvaffaqiyatga erishildi, ammo vaqt o‘tishi bilan fuqarolarning davlat idoralari bilan muloqot vositasidan o‘ziga xos shikoyatlar kitobiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi pm.gov.uz ning tashkil etilishi barcha masalalarga oydinlik kiritdi va aholi bilan ishlash mexanizmini yaratdi. Shundan so‘ng Portal o‘z diqqatini asosiy vazifalarga – jismoniy va yuridik shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat organlariga murojaat qilishlari, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirilishi, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilishiga qaratdi” deb ta’kidlaydi – “Yagona integrator UZINFOCOM” bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Emil Gimranov.

Portaldagi joriy o‘zgarish aholining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy etish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bugungi kunda deyarli barcha davlat tashkilotlari Portal haqida yetarlicha ma’lumotga ega va undan samarali foydalanib kelmoqdalar. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida Portaldan foydalanish bo‘yicha xabardorlik darajasi ham o‘sib bormoqda.

Portalning yangi talqinidagi asosiy qulaylik bu — foydalanuvchi uchun moslashuvchan dizaynga ega bo‘lgan interfeysdir. Endilikda Portaldan foydalanishda kompyuter talab etilmaydi, mobil telefon yoki planshet orqali ham bir marta ro‘yxatdan o‘tib, Portaldan hech qanday qiyinchiliksiz foydalanish mumkin. Portal keng ko‘lamdagi davlat xizmatlaridan foydalanish, zarur ma’lumotlarni qidirish, biznes masalalarini tezda hal qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni yaratishda foydalanuvchilarga tezkorlik va aniqlikni taqdim etadi.

Portalning yangi talqini, avvalgi talqinidan farqli o‘laroq, endilikda foydalanuvchidan barcha davlat xizmatlari turi bilan tanishish uchun yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi talab etilmaydi. Yangilangan talqinda portal interfeysi tarkibiga bir qancha funksional o‘zgartirishlar kiritilgan, bu haqida taqdimotda batafsil tanishish mumkin:

Foydalanuvchiga kerakli davlat xizmatlarini oson va qulay ravishda topish imkoniyatini yaratish maqsadida “Hayotiy vaziyatlar” bo‘limi tashkil qilindi.

Bo‘lim muayyan hayotiy vaziyatga tegishli davlat xizmatlarini tasniflaydi. Masalan, “Bolaning tug‘ilishi” blokida ushbu vaziyat bilan bog‘liq barcha davlat xizmatlari namoyon bo‘ladi. Tegishli ma’lumotnomalar berish, moddiy yordam olish va shu kabi xizmatlar shular jumlasidandir. “To‘y” blokida esa mos ravishda, tegishli xizmatlar taqdim etiladi, masalan, FHDYO organiga ariza berish, to‘lovlarni to‘lash va boshqalar. Shunday qilib, kundalik vaziyatlarda uchraydigan tegishli xizmatlarni Portalda izlashni osonlashtirish maqsadida ushbu vaziyatlarni maksimal ravishda qamrab olish rejalashtirilgan. Albatta, har bir hayotiy vaziyatga bog‘liq xizmatlar ishga tushirilishi bilan u tegishli xizmatlar blokiga qo‘shiladi. Portalning yangilangan talqini ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan taqdimotda yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

“2017-yilda Portalning yangi talqini ishga tushirildi, unda xizmatlar foydalanuvchi avtorizatsiyadan o‘tgandan so‘ng amalga oshirilar edi. Yangi talqinda barcha jarayonlar soddalashtirildi va butunlay avtomatlashtirildi. Eng ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib kelganligimiz sababli Portalning yangi talqini soddalashtirilgan, shuningdek, yanada qulay interfeys xizmatlardan ortiqcha urinishlarsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Masalan, biz Portalning asosiy sahifasini vizual jihatdan soddalashtirdik va keraksiz ma’lumotlarni olib tashladik, ular foydalanuvchiga yordam berishdan ko‘ra, ko‘proq uni chalg‘itar edi. Ichki sahifalardan foydalanish ham yanada osonlashdi. Portalda dizaynida ranglar mutanosibligiga erishildi. Endilikda foydalanuvchi shaxsiy kabinetida davlat xizmatlari to‘plamidan shaxsiy vidjetini yaratish imkoniyatiga ega” – deb, so‘zida davom etadi Emil Gimranov.

Shuni ta’kidlash joizki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Yagona integrator UZINFOCOM” tomonidan 2013-yil iyul oyida ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo‘lib, loyiha “Elektron hukumat” tizimining dastlabki ko‘rinishi sifatida yaratilgan edi. Portalning ishga tushirilishi davlat organlari uchun aholi bilan ishlashning yangi formatini belgilab berdi. Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlaridan elektron ko‘rinishda foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tashabbusi bilan Portalning takomillashtirilishi davlat xizmatlaridan foydalanishning soddalashtirilgan va qulay ko‘rinishini yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq