Toshkent shahrida QR-kodʻli turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilmoqda
07.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli farmoniga muvofiq, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Usmon Nosir hamda Bobur qoʻchalari kesishuvida joylashgan Yakkasaroy savdo markazi chorrahasida, shuningdek Janubiy temiryoʻl vokzaliga kirish hududidagi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qulaylik yaratish uchun turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu zamonaviy standartlar asosida ishlab chiqilgan innovatsion turistik yoʻl koʻrsatkichining afzalliklaridan biri shuki, u maxsus QR-kodʻga egadir. Innovatsion yoʻl koʻrsatkichlari “Google maps” xaritasi yordamida koʻzlangan manzilga tez va oson yetib olishga yordam beradi.

Taʼkidlash joizki, mazkur loyihalarning davomiyligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan turistlar koʻp tashrif buyuradigan hamda aholi gavjum joylarga innovatsion turistik yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish ishlari davom ettiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq