AKT rivojlantirish bo’yicha seminar o’tkaziladi
07.08.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 9-avgust kuni vazirlik va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha bo’linmalari rahbarlari uchun seminar o’tkaziladi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi «Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4328-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Elektron hukumat» tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o’tkazish, tasdiqlash, amalga oshirishni muvofiqlashtirish va postmonitoring tartibini tushuntirish maqsadida tashkil etiladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha vazirlik va idoralar bo’lim rahbarlari uchun seminar 2019-yil 9-avgust kuni soat 10:00 da Aloqa tarixi Muzeyida (Toshkent shahri, Navoiy ko’chasi, 28a, 3-qavat) bo’lib o’tadi.

Seminar dasturida seminar ishtirokchilarini ro’yxatga olish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlarining kirish so’zlari va quyidagi 4 ta mavzular yoritilishi ko’zda tutilgan:

— «Elektron hukumat» tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida axborot tizimlarining texnik hujjatlari loyihalarini kompleks ekspertizadan o’tkazish tartibi;

— Idoralararo elektron hamkorlik va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona tizimini rivojlantirish istiqbollari;

— Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;

— Axborotlashtirish ob’ektlarida elektron vositalari va dasturiy mahsulotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya uskunalari va boshqa texnik vositalarni attestatsiya va ekspertizadan o’tkazish va sertifikatlash.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq