“Itwomenuz – xotin-qizlar innovatsion oyligi” oʼtkazilmoqda
06.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi qoshidagi Mirzo Ulugʼbek Innovatsiya markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shaxridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy yilning avgust-sentyabr oylarida “Itwomenuz – xotin-qizlar innovatsion oyligi” oʼtkazilmoqda.

Maqsad – xotin-qizlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qilish, mobil ilova, veb-sayt, dasturiy mahsulotlarni yaratish, kompyuter dizaynerlik faoliyatiga oʼqitish hamda ularni dasturchi boʼlib shakllanib ish yuritishlariga koʼmaklashish orqali bandligini taʼminlashdir. Innovatsion oylik doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirishga hamda ushbu sohada ishga joylashishga ehtiyoji boʼlgan xotin-qizlarni koʼproq jalb qilish uchun “Itwomen.wcu.uz” sayti ishlab chiqilib, onlayn tarzda roʼyxatga olinishi yoʼlga qoʼyilgan.

Xotin-qizlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish maqsadida Toshkent Аxborot texnologiyalari universitetida joriy yilning avgust oyida bir hafta (19-24 avgust kunlari) davomida 160 nafar xotin-qizlar uchun oʼquv-amaliy mashgʼulotlar (36 soatlik) tashkil etiladi. Xotin-qizlarning malakasi quyidagi yoʼnalishlarda oshiriladi:

– mobil ilovalar tayyorlash;

– veb-sayt yaratish;

– kompyuter dizaynerlik;

– dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish.

Mirzo Ulugʼbek Innovatsiya markazi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda uch hafta (26 avgust-19 sentyabr kunlari) davomida ishtirokchilarning korxonalardagi amaliyoti tashkil qilinib, tinglovchilar stajirovkadan oʼtadi. Tinglovchilarning oʼquv-amaliy mashgʼulotlarda erishgan natijalarini aniqlash va ragʼbatlantirish maqsadida tanlov oʼtkaziladi.

Har bir guruhga oʼz yoʼnalishlari boʼyicha topshiriqlar berilib, tayyorlangan loyihalar ekspertlar kengashi aʼzolari tomonidan baholanadi hamda “Eng yaxshi mobil ilova”, “Eng yaxshi veb-sayt, “Eng yaxshi dasturchi”, “Eng yaxshi dizayner” nominatsiyalari boʼyicha gʼoliblar aniqlanib, qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanadi.

Dasturchi xotin-qizlarni xalqaro tanlov, forum, sammit va koʼrgazmalarda ishtirok etishi boʼyicha seminar-treninglar oʼtkaziladi. Malaka oshirish kurslari va stajirovkadan muvaffaqiyatli oʼtgan xotin-qizlarga diplom beriladi va ularni ish bilan (frillanser) taʼminlash boʼyicha ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish istagida boʼlgan xotin-qizlarga kredit mablagʼlarini ajratiladi.

Hurmatli xotin-qizlar!

Аgar Siz Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlash uchun zamonaviy bilimlar hamda koʼnikmalarga ega boʼlmoqchi va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish istagida boʼlsangiz, Sizlarni joriy yilning 19 avgustidan 19 sentyabrigacha tashkil qilinayotgan «ITWOMENUZ» xotin-qizlarning innovatsion oyligi doirasida oʼtkaziladigan oʼquv-amaliy mashgʼulotlarga taklif qilamiz.

Innovatsion oylikda ishtirok etmoqchi boʼlganlar, itwomen.wcu.uz saytida joriy yilning 15 avgustiga qadar roʼyxatdan oʼtishlari mumkin. Barcha savollar bilan Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasining (71)202-08-58 telefon raqamiga murojaat etishingiz yoki Qoʼmitaning www.wcu.uz saytidan maʼlumotlar olishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq