“Omonat hisoblarini onlayn boshqarish” hamda “Pul mablag‘larining onlayn konversiyasi ” xizmatlari muqobil o‘sishni namoyon etmoqda
05.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) 2019-yil 2-chorakda qayd etilgan bank onlayn omonatlari va koversiyasiga tegishli statistik ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.

Uzcard banklararo to‘lov tizimining Banklararo Muvofiqlashtirish Kengashi natijalariga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 29 ta bank va Yagona Umumrespublika Protsesing Markazi o‘rtasidagi kelishuvga asosan quyidagi xizmat turlariga komission to‘lovlar belgilanmaydi:

— “Omonat hisoblarini onlayn boshqarish”;

— “Pul mablag‘larining onlayn konversiyasi”.

YaUPM tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar ko‘ra, ushbu xizmat turlarining soni va miqdori sezilarli o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

2019-yilning 2-choragida bank onlayn omonatlar operatsiyalari soni 53 567 tani qayd etib, 2019-yil 1-choragidagi (bank onlayn omonatlar operatsiyalari soni 43 712 ta) holatiga nisbatan 9 855 talik farq yoki 22,5 foizlik o‘sishni namoyon etdi.

2019-yil 2-choragidagi holatga binoan, bank onlayn omonatlar operatsiyasining umumiy miqdori 243 318 933 mln. so‘mni tashkil etib, joriy yilning 1-choragiga nisbatan (bank onlayn omonatlar operatsiyasining umumiy miqdori 168 106 856 mln. so‘mni tashkil etgan) 75 212 077 mln. so‘mlik farq yoki 44,7 foizlik o‘sish belgilandi.

O‘rganib chiqilayotgan davr mobaynida pul mablag‘larining bank onlayn konversiyasi operatsiyalarining soni 458 480 tani qayd etib, 2019-yil 1-choragidagi (bank onlayn konversiyasi operatsiyalarining soni 305 580 ta) holatiga nisbatan 152 900 talik farq yoki 50,03 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi.

2019-yidning 2-choragida bank onlayn koversiyasi operatsiyalarining umumiy miqdori 1 729 014 mln. so‘mni tashkil etib, joriy yilning 1-choragiga nisbatan (bank onlayn koversiyasi operatsiyalarining umumiy miqdori 1 066 540 mln. so‘mni tashkil etgan) 662 474 mln. so‘mlik farq yoki 62,1 foizlik o‘sish belgilandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq