Xavfsizlik tasdiqlandi: HUMO to‘lov tizimiga PCI DSS Ma’lumotlar xavfsizligi standarti sertifikati berildi
02.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning iyul oyida Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) sertifikatlash auditi yakunlariga ko‘ra 3.2.1 versiyadagi PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) xavfsizlik talablariga xalqaro muvofiqlik sertifikatigaega bo‘ldi.Tekshiruv davomida BMPM xalqaro standartdagi axborot xavfsizligi yuqori talablariga to‘liq muvofiq kelishini ko‘rsatdi va HUMO to‘lov tizimi ma’lumotlar himoyasi yuqori darajasini tasdiqladi.

“Biz to‘lov kartalari ma’lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligi masalalariga kattae’tibor qaratamiz, bularni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘ramiz. Yagona xalqaro xavfsizlik standarti biz ko‘rsatadigan xizmatlarning yuqori sifatini tasdiqlaganligi haqida xabar qilishdan mamnunmiz. Biz global, xavfsiz va ishonchli infratuzilma qismi bo‘lganligimizdan faxrlanamiz”, – deydi Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) direktori Shuhratbek Qurbonov.

Olingan 3.2.1 versiyadagi PCI DSS muvofiqlik sertifikati barcha qabul qilinadigan, saqlanadigan va ishlanadigan ma’lumotlar ulardan ruxsatsiz foydalanish harakatlaridan yuqori darajada himoyalanganligini, to‘lovlarni o‘tkazish tizimi esa barcha xavfsizlikni ta’minlash talablariga to‘liq muvofiq kelishini kafolatlaydi.

Ma’lumot uchun

PCI DSS yagona xalqaro xavfsizlik standarti Visa, MasterCard, American Express, Japan Credit Bureau va Discover Card tizimlari tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, tashkilot axborot infratuzilmasiga o‘tkaziladigan, u yerda saqlanadigan va ishlanadigan to‘lov kartalari saqlovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 12 ta batafsil talablar yig‘indisidan iborat.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq