Shavkat Mirziyoyev Belarusning yetakchi innovatsion kompaniyalarini O‘zbеkistonga taklif qildi
02.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida «Belarus» yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu park 2005-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014-yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.

Bugungi kunda «Belarus» YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi.

Prezidentimizga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga etdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq