O‘zbekistonlik yosh olimlar Belarus Respublikasida superkompyuter imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar
02.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan mamlakatimizning 95 nafar yaqin yosh olimlari va 26 nafarga yaqin oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha proektorlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Belarus Respublikasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkani o‘tamoqdalar.

O‘zbekistondan Belarusga yuborilgan ilmiy tadqiqotchilar orasida axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar ham bor bo‘lib, ular mazkur sohadagi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni hamda olgan bilimlarini Respublikamizda tatbiq qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan.

Belarus Milliy Fanlar akademiyasiga qarashli Birlashgan informatika muammolari institutida malaka oshirish kurslarini o‘tayotgan o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar mazkur institut tomonidan yaratilgan zamonaviy qurilmalar, xususan, institutda joylashgan zamonaviy superkompyuter, robototexnika, geoaxborot tizimlari, sun’iy yo‘ldosh axborot tizimlari bilan tanishmoqdalar. Institut ishlanmalaridan biri bu — ofislarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan superkompyuterdir. Ushbu kompyuter orqali 100 dan ortiq vazifalarni amalga oshirish mumkin.

Ilmiy tadqiqotchilarimiz tomonidan o‘rganilayotgan yo‘nalishlar orasida geoaxborot tizimlar alohida o‘rin egallaydi. Institut olimlari tomonidan taklif etilayotgan telemeditsina sohasi respublikamiz uchun dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Institutda tibbiyotga doir axborotlarni qayta ishlash, ularning bazasini shakllantirish, masofaga uzatish va tahlil qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Tizimning asosiy yutuqlaridan biri bu kasallikni aniqlashda intellektual aqlni qo‘llash va uning asosida shifokorlar uchun tashxis qo‘yish jarayonini tezlashtirishdir. Tizim raqamli rentgen, kompyuter tomografiyasi, magnitli rezonans tomografiyasi va boshqa bir qancha tekshiruvlar bo‘yicha axborotlarni o‘zida saqlaydi. Kasalliklar varaqasi avtomatik tarzda shakllanishi tizimning yana bir asosiy yutuqlaridan biridir.

Hozirgi kunda mazkur tizim Belarusda keng qo‘llanilmoqda, tizimga respublikaning har bir shifoxonalari bog‘langan. Umumiy elektron baza doimiy ravishda ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi. Buning natijasida bemor uchun kasallik varaqasining va tibbiy daftarchasining qog‘oz shaklini axtarish shart emas.

O‘zbekistonlik ilmiy xodimlar Birlashgan informatika muammolari instituti tomonidan yaratilgan tizimni o‘rganarkanlar, shunday tizimni Respublikamizga joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni institutning olimlari bilan hamkorlikda tahlil qilmoqdalar.

Respublikamizga mazkur tizimni qo‘llash orqali kasalliklarni aniqlash vaqtini qisqartirish bilan birgalikda, viloyatlar kesimida tahliliy natijalarni olish imkoniyatlari yaratiladi.

Xayrullo Kulmatov,
Fizika-texnika instituti ilmiy tadqiqotchisi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq