Honeywell Tashkent City da joylashgan Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasida aqlli texnologiyalarni o‘rnatadi
02.08.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Honeywell (NYSE: HON) korporatsiyasi Tashkent City da joylashgan yangi Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi binolarini aqlli texnologiyalar bilan ta’minlaydi. Tashkent City – mahalliy va xalqaro korporatsiyalar uchun jozibador va qulay biznes muhitini yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy arxitektura loyihasi.

Honeywell korporatsiyasi o‘zining to‘liq integratsiyalashgan, kiberxavfsiz, bulutli boshqarish tizimini (BMS) o‘rnatib, u binolarni boshqarishning turli vositalarini – kirish/chiqish, isitish va ventilyatsiya tizimlarini birlashtiradi. Zamonaviy binoni boshqarish tizimi eng muhim hayotni ta’minlash tizimlari nazoratini, energiya iste’moli boshqaruvini, shuningdek, xavfsizlik, qulaylik va unumdorlikni ta’minlagan holda bino operatori ishini yengillashtiradi.

Joriy yilning o‘zida Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasining ochilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Honeywell Toshkentda va O‘zbekistonda joylashgan aqlli binolar vaaqlli shaharlar uchun o‘z yechimlarini tarqatish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib olgan.

Honeywell kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyo hududlaridagi prezidenti Frans van Dyorsen shunday deydi: «Honeywell O‘zbekistondaenergiya samarali texnologiyalar sohasida 20 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatmoqda. – Bizda Toshkent shahri va butun mamlakatni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab yechimlar mavjud. Biz yangi infratuzilmaviy loyihalargaaqlli binolar vaaqlli shaharlar kontseptsiyalarini joriy qilish orqali biznes vaaholi uchun yanada xavfsiz, samarali va jozibador shahar muhitini yarata olamiz».

Honeywell kompaniyasining aqlli binolar uchun yechimlar to‘plami Buyumlar Internetigaasoslangan, bundaalohida qurilmalar ish jarayonida internet orqali bog‘langan bo‘lib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ma’lumotlar foydalanilishi, tahlil qilinishi va qimmatli axborotlargaaylantirilishi mumkin.

Honeywell binoni boshqarish tizimi obyektning murakkab arxitekturasi orasiga qurish imkoniyatini nazarda tutib loyihalashtirilgan. Uning yordamida operatorlar yanadaaniq qarorlar qabul qilish, binoni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish hamdaasbob-uskunalarning nazarda tutilmagan ishlash tartibini, bu holatlar ularni ishdan chiqishiga olib kelishidan anchaavval oldini olish imkoniyatigaega bo‘ladilar.

Tizim, shuningdek, binoning asosiy funksiyalarini ehtimoliy kibertahdidlardan himoya qiladi. Honeywell zaifliklarni, ish samarasizligini oson aniqlaydigan va ularni tuzatish uchun variantlarni hisoblab beradigan asosiy texnologiyalar va jarayonlarni joriy qiladi – bu ehtimoliy kibertahlikalar to‘g‘risidagi xabardorlikni oshiradi.
Honeywell O‘zbekistonda 1998-yildan beri «Ximavtomatika» MChJ kompaniyasi bilan qo‘shma korxona sifatida faoliyat yuritadi. 2010-yilda «Ximavtomatika» Honeywell Global injiniring markazi (Global Engineering Services, qisq. GES) nomini oldi va Honeywell kompaniyasining butun dunyoda faoliyat yuritayotgan to‘rtta shunday markazlaridan biri hisoblanadi. Honeywell GES Uzbekistan O‘zbekistonda, boshqa MDH, Yaqin Sharq vaAfrika mamlakatlarida dasturiy-texnik majmualar va sanoat uchun yechimlarni loyihalashtirish, ularga injiniring va servis xizmatlarini ko‘rsatish sohasida buyurtmachilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Honeywell texnik ta’lim sohasida O‘zbekiston universitetlari, xususan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) bilan hamkorlik qiladi.

Honeywell kompaniyasining buyurtmachilari orasida O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalari o‘rin olgan. Oxirgi loyihalarga quyidagilar kiradi:

— Xisor konlar guruhida «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJning uchta obyektini avtomatlashtirish loyihasi;

— Kondim GQZ – Markaziy Osiyodagi eng yirik gazni qayta ishlash majmualaridan birida o‘rnatish vaavtomatlashtirish;

— Qoraqalpog‘istonda Ustyurt GKM uchun jarayonlarni avtomatlashtirish texnologiyalari, shuningdek, «O‘zbekneftgaz» va koreya kompaniyalari konsortsiumi bilan qo‘shma korxona.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq