O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining ingliz tilidagi talqini ishga tushirildi
01.08.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator UZINFOCOM bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining ingliz tilidagi talqinini ishga tushirdilar.

Ochiq ma’lumotlar portali orqali ijtimoiy ahamiyatga molik axborotning oshkor etilishi davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligi darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi, uning umumiy foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va bir qator yangi imkoniyatlar ochadi.

Bu, birinchi navbatda, davlat organlari faoliyati natijalari va respublikada davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa jarayonlar to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdir. Ochiq ma’lumotlar jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga yordam beradi, fuqarolar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun, shu jumladan, mobil ilovalarda ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi.

Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini takomillashtirish va ularni yagona kirish nuqtasida ingliz tilidagi talqini bilan birga joylashtirish xorijiy investorlar, hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va tadqiqot institutlariga mamlakatimiz to‘g‘risida dolzarb va ishonchli ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkonini beradi.

Ayni paytda BMT taraqqiyot dasturi, EXHT va xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb etgan holda ochiq ma’lumotlarning mutlaqo yangi ekosistemasini yaratish bo‘yicha ishlar faol davom etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq