Kaptivada noqonuniy olib ketilayotgan 220 million so‘mlik telefonlar fosh bo‘ldi
31.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona xodimlari tomonidan mamlakatimizga maishiy texnika buyumlarini noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzarning “uddaburonligi”ga chek qo‘yishdi.

“Marg‘ilon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro K.A. tomonidan qayta sotish maqsadida olib ketilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 220 million so‘mlik 190 dona mobil aloqa vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq