Facebook Messenger Kidsdagi xato bolalarning begonalar bilan gaplashishiga sabab bo‘lgan
30.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Facebook Messenger Kids ilovasining asosiy qoidasiga ko‘ra 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar ota-onalarining ruxsatisiz boshqa foydalanuvchilar bilan suhbatlashishi taqiqlangan. Ilova dizaynidagi xato foydalanuvchilarga guruhli chat orqali sistema himoyasini aylanib o‘tish imkonini berdi, natijada bolalar ota-onasining ruxsatisiz begonalar bilan gaplashadi, deyiladi The Verge xabarida.

Xato guruhli chatlarning unikal kengaytmalari bilan bog‘liq. Odatiy chatda bolalar faqat ota-onalar belgilab bergan foydalanuvchilar bilan suhbatlashishi mumkin. Guruhli chatlarda ilovaning ushbu asosiy qoidasiga amal qilinishi murakkabroq. Guruhni kim yaratishidan qat’iy nazar, u o‘ziga ruxsat etilgan har qanday foydalanuvchini qo‘sha oladi, natijada boshqa ota-onalar ruxsat bermagan bolalar ham ushbu belgilanmagan foydalanuvchi bilan chat orqali gaplasha oladi. Zaiflik oqibatida minglab bolalar avtorizatsiyadan o‘tmagan foydalanuvchilar bilan Messenger Kids asosiy printsipiga zid tarzda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Facebook ishlab chiqaruvchilari katta shov-shuv ko‘tarib rasmiy bayonot bermagan holda guruhli chatlarni yopdi va ota-onalarga ushbu muammo haqida xabar berdi.

Ayni vaqtda 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilgan ilovada ushbu xatolik qancha vaqt hukmron bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Messenger Kids faoliyatini Bolalarni internetdagi konfedensialligini himoyalash to‘g‘risidagi Qonun asosida yuritadi (Children’s Online Privacy Protection Act) shu sababli ayrim qonun himoyachilari Facebookni ushbu qonunni buzishda va Messenger Kids vositasida shaxsiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishda ayblamoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq