«Belarus Respublikasi bilan IT-ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish»
30.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

29-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektor vazifasini bajaruvchisi mintaqalararo O’zbekiston-Belarus forumida «Belarus Respublikasi bilan IT-ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida taqdimot bilan so’zga chiqdi.

Taqdimotning kirish qismida O’zbekistonda ta’lim sohasida, shu jumladan IT-ta’lim sohasidagi statistik ma’lumotlar taqdim etildi. Mamlakatda ta’limni rivojlantirish to’g’risidagi ma’lumotlarning qiyosiy tahlili namoyish etilib, unda O’zbekiston universitetlari ham axborot texnologiyalari bilan qatnashdilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetining EPAM Systems (Eng yirik global buyurtma dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi) kompaniyalari bilan hamkorligining ijobiy tendensiyasi va muvaffaqiyati — xalqaro Epam Insider IT-konferensiyasini o’tkazish, zamonaviy, ommabop IT-dasturlarda Rolling Scopes School Epam qo’llab-quvvatlashi bilan onlayn treningni tashkil qilish, O’zbekiston talabalari orasida murabbiylar tayyorlash bo’yicha yechimlar aytib o’tildi.

Taqdimot xulosasida ko’rsatilib o’tilishicha, hamkorlik istiqbollari bayon qilinib, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha rejalar e’lon qilindi, jumladan, laboratoriya va qo’shma IT-maktab EPAM, qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun konsalting xizmatini tashkil qilish va boshqalar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq