“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ: Yo’lovchilar uchun yangi interaktiv xizmatlar
29.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchilarga servis xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Toshkent Markaziy hamda Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzallari chiptaxonalarida joriy etilgan elektron navbat shular jumlasidandir.

Endilikda, temiryo’l chiptalarni sotib olish uchun kelgan yo‘lovchi, har ikkala vokzalda ham elektron navbatga turish imkoniyatiga ega. Ya’ni, har bir fuqaro shu yerning o’zida joylashgan o‘rindiqlarda o‘tirib, zalda o‘rnatilgan maxsus monitorlar orqali o’z navbatini kuzatib turadi. Tartib raqami hamda kassa raqami monitorda ko‘rinishi bilan, chipta xarid qilish uchun ko’rsatilgan kassaga borib murojaat qilinishi lozim.

Ushbu xizmat avvalam, kassalar oldida uzundan uzun navbatga turish va turli xil tushunmovchiliklarning oldini oladi hamda chipta rasmiylashtirayotgan operatorlar ishiga va sifatli xizmat ko‘rsatishga imkon yaratadi.

Shuningdek, chiptaxona zalida o‘rnatilgan maxsus elektron tablolardan yo‘lovchilar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali poyezdlar harakat jadvali bilan tanishib, electron chiptalarni xarid qilishlari va boshqa kerakli ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Yana bir muhim yangilik, Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzali chiptaxona zalida o‘rnatilgan katta ekranda onlayn tarzda qaysi poyezd va qaysi vagonda chipta bor-yo‘qligi to’g’risida ma’lumot beriladi. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratadi.

Jamiyat tomonidan chiptaxonalarga o‘rnatilgan mazkur elektron uskunalar sinov tariqasida ishlatilmoqda. Kelgusida bunday qulayliklar respublikamizning barcha hududlaridagi temir yo‘l vokzallarida ham joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq