Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Youth techno art-2019” xalqaro festivaliga mezbonlik qilmoqda
27.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bolalarning texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi “Youth techno art-2019”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur festival-tanlovda Iordaniya qirolligi, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan jami 30 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Yurtimiz sharafini esa 2018-yilda “Youth techno art-2018” bolalarning texnik ijodkorligi ko‘rik-tanlovida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jami 22 nafar o‘quvchilar himoya qilishmoqda.

Festivalning ochilish marosimida so‘z olgan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq robototexnika, mexatronika va injenerlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, butun dunyo o‘quvchi yoshlari o‘rtasida texnik ijodkorlikni rivojlantirish hamda davlatlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini yaxshilashdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng namoyish etilgan turli bolalar ashula va raqs ansambillari va badiiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi festival qatnashchilari va mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari, shu kuni yurtimiz o‘quvchi yoshlarining texnik ijodkorlik ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur xalqaro festivalning oliy ta’lim muassasasida tashkil etishi ham bejiz emas. Iqtidorli o‘quvchilarni erta yoshdan aniqlash, ularni universitet huzuridagi kampus va to‘garaklarga jalb qilish orqali qo‘llab-quvvatlash hamda yosh iqtidorlarni oliy ta’lim muassasasiga qamrab olish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq