Rossiyaning «iVoice Technology» kompaniyasi viloyat sog‘liqni saqlash tizimida axborot texnologiyalarini joriy etishda ishtirok etadi
27.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

26-iyul kuni Namangan viloyati hokimligida Rossiyaning «iVoice Technology» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov va viloyat hokimligi AKT rivojlantirish markazi rahbari Baxtiyor Axunbabaev hamda «iVoice Technology» kompaniyasi direktori Andrey Zavorin ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Namangan viloyati sog‘liqni saqlash tizimida ovozni tanish xizmatiga asoslangan mijoz bilan muloqotni avtomatlashtirishni joriy etish jarayonida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, viloyat hokimligi hamda «iVoice Technology» kompaniyasi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Rossiya kompaniyasi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etiladi.

«iVoice Technology» kompaniyasi, hamkorlikning dastlabki bosqichida joriy yil yakuniga qadar Namangan viloyati tibbiyot muassasalarida ovozni tanish xizmati imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi umumiy qiymati 100 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan texnologiyalarni bepul joriy etadi. Bu Rossiya kompaniyasining viloyat ijtimoiy sohasiga qo‘shgan beg‘araz ko‘magi bo‘lib qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq