Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi IT Park ishga tushdi
24.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

24-iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olim Umarov, Hindiston dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parklari jamiyati (STPI) direktori janob Omkar Ray, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etdi.

Tantanali kecha mehmonlari IT Park bo‘ylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishdi.

IT Parkning Qabul Hay’ati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tanlovdan o‘tgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:

– Akseleratsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Fastаgo – Igor Kim; Document Scanner – Shuhrat Zaxidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.

– Inkubatsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Shoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldashev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.

Tadbir davomida birinchi startap loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sertifikat topshirdi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda IT Park uchun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar o‘z go‘yalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida mamlakatimiz mintaqalarida ham IT Parkning filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT Park bu – istiqbolli startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish va ularni bozorga olib chiqishga xizmat qiladigan, fan va taʼlim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga mo‘ljallangan majmua bo‘lib, u zarur bino, inshoot va uskunlarni o‘z ichiga oladi. IT Park faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskandir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq