Bodi-kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
24.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyulda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 556-son qarori bilan ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planshetlar bilan ta’minlash 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yil 22-iyuldan Toshkent shahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida ishlatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

Albatta, YPX inspektorlari haydovchi bilan muloqotga kirishganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari nufuzli komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqaruvchi tashkilotga tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga, YPX inspektorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan jiletlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq