Toshkent shahridagi Inha Universitetiga so’nggi kirish imtihonlari bo’lib o’tdi
22.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 19-iyulida Toshkent shahridagi Inha Universitetida barcha abituryentlar uchun Konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti ma’muryati 2019-2020-o’quv yili uchun kirish imtihonlari haqida to’liq ma’lumotlar berdi.

Abituryentlar imtihon o’tkazilish tartibi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi. Bundan tashqari o’qituvchilar amaliy maslahatlar va barcha savollarga javib berdilar. Har bir abituryentga o’zining shaxsiy ID raqami tushirilgan brasletlar taqildi.

20-21-iyul kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida uchinchi oxirgi imtihon bo’lib o’tadi.

2019-2020-o’quv yili uchun Toshkent shahridagi Inha Universiteti 420ta talabani qabul qilishni rejalashtirgan. Aniqroq aytadigan bo’lsak, Universitet Kompyuter va dasturlash injenering yo’nalishida 300 ta talabani va Logistika yo’nalishiga 120tavtalabani qabul qilishni rejalashtirgan.

Eslatib o’tamiz, Toshkent shahridagi Inha Universiteti uchun kirish imtihonlari 3 marta bo’lib o’tdi:

1) Faqat to’lov-kontrakt asosida;

2) To’lov-kontrakt va grant asosida;

3) Faqat to’lov-kontrakt asosida.

Kirish imtihonlari yozma shaklda bo’lib o’tadi va har bir fan uchun 20 ta savolni o’z ichiga oladi. Savollarga javob uchun 60daqiqa vaqt beriladi. Savollar o’rta ta’lim dasturi asosida tuzilgan bo’ladi. Kompyuter va dasturlash injenering yo’nalishida Umumiy balning 70%ini matematika, 30%ini fizika tashkil qiladi. Logistika yo’nalishida imtihon faqat matematika fanidan bo’lib o’tadi.

Imtihonning o’tkazilishi va monitoringi uchun Toshkent shahridagi Inha Universitetiga Janubiy Koreyadagi Inha Universiteti professorlari tashrif buyurishadi.

Eslatib o’tamiz, imtihon o’tkaziladigan har bir xonani kuzatish imkonini beruvchi onlayn translyatsiya bo’lib o’tadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq