Ota-onalar uchun onlayn xarita yordamida maktab joylashuvi va mikrohududni aniqlashga yordam beruvchi xizmat ishga tushdi
22.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ota-onalar uchun onlayn xarita yordamida maktab joylashuvi va tegishli mikrohududni aniqlashga yordam beradigan zamoniy xizmat ishga tushdi.

Yangi xizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga o‘zlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda mazkur xizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan.

Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi ni hamda tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin Maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim xaritada maktablarni ko‘rsatadi (qizil bilan yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar belgilangan).

Yangi xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan. Xizmat respublikadagi barcha maktablar joylashuvini ko‘rsatadi. Kelajakda xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Saytda aloqa uchun ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar tizimni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarni bildirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, maktablarning mikrohududlari tuman hokimiyatlari qarori bilan tasdiqlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq