O‘zbekistonlik o‘quvchilar Singapur Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori
19.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘quvchilar qanchalik ko‘p chet eldagi olimpiada va musobaqalarda qatnashsa ularning tajribasi ortib boradi. Agarda ular g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, O‘zbekiston nomini yanada ko‘proq yoyishga erishiladi. Mana shunday holatlardan biri sifatida yaqinda Singapurda tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida Singapore International Math Olympiad Challenge (SIMOC) mamlakatimiz o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni egallagani misol bo‘la oladi.

Ushbu Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, AQSh, Tailand, O‘zbekiston va Filippin mamlakatlaridan mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadada Toshkent shahrining «Lider» va «Genesis» hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar matematik muammo va jumboqlarni yechishdi. Olimpiadaning final bosqichida g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz vakillariga bitta oltin (S.Hojjaboeva), beshta kumush (N.Ahmadxodjaev, A.Aripov, R.Halperin, B.Zakirov, A.egamberdiev) va oltita bronza (S.Rahmatullaeva, A.Aripov , N.Kan, Sh.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiyev) medallari topshirildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston, Vetnam, Kamboja, Tailand va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbar hamda vakillari ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq