Bishkekda katta noqonuniy mayning-ferma faoliyat yuritgani aniqlandi
19.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Qirg‘iziston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat xizmati Bishkek shahri byudjetiga ko‘p millionli zarar yetkazgan katta mayning-ferma faoliyatini fosh qildi. Bu kabi holat Qirg‘izistonda ilk bor sodir bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bergan ma’lumotga ko‘ra, mayning-ferma egalarining biri Xitoy yana biri Qirg‘iziston fuqarosi. Jinoyatchilar korxonani dasturiy ta’minot ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladigan kompyuter laboratoriyasi niqobi ostida yuritgan. Firibgarlar “o‘z hisoblarini noqonuniy yo‘l bilan ishlab topilgan pullar bilan to‘ldirgan, hech qanday mahsulot ishlab chiqarmagan va davlat byudjetiga ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan”.

Mayning-fermani tintuv qilish vaqtida kriptovalyutani undirishga mo‘ljallangan kun-u tun internet va elektr tarmog‘iga ulangan 8 mingta qurilma ishlayotgani aniqlandi.

“Mayning-ferma elektr sarfini standart normalardan oshirib yuborgan, taxminan
6-7 megavatt. Ushbu energiya Bishkekdagi bir necha mikrohududlar ishlatayotgan miqdorga teng keladi”, — deydi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari.

Ayni vaqtda davlat organlari tomonidan mayning-ferma joylashgan yerdagi binoni qurib foydalanishga topshirilishi, davlat organlari tomonidan ulgurji elektroenergiya stib olinishi bo‘yicha litsenziyalarni berilishining qonuniy yoki qonuniy emasligi bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq