Telekommunikatsiya sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga osgirish rejalashtirilmoqda
18.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi prezidentining “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo’yicha ko’rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion hududlarda, magistral avtomobil va temir yo’llari bo’yida telekommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmog’iga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlari etarli emas.

Shu maqsadda O’zbekiston hukumati Jahon bankining dasturi asosida ushbu sohani yanada rivojlantirish va mavjudlarini takomilashtirish bo’yicha hamkorlik aloqlarini yo’lga qo’yilgan. Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Jahon banki mutaxassislaridan iborat delegatsiya «Digital Casa» dasturi asosida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish bo’yicha muhokamalar olib bordi. Jahon banki mutaxassislarining qayd etishicha loyihaning umumiy qiymati 178 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda qayd etilganidek mazkur dastur asosidagi loyiha 5 ta kompanentni o’z ichiga qamrab oladi. Muhokamalarda tomonlar loyihani amalga oshiruvchi guruhga IT sohasida katta bilim va tajribaga ega mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish masalasini ko’rib chiqishdi.

Shu o’rinda dastur asosida Davlat-xususiy sherikligi loyihalarini hayotga tadbiq etishning samardorligi va afzalliklari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar dastur asosida DXSh loyihalarini amalga oshirish mumkin bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha muzokara o’tkazdi. Jahon banki DXSh asosidagi loyihalarni boshlashga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Shuningdek uchrashuvda ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish maqsadida aniq yo’l xaritasini ishlab chiqish lozimligi va bu jarayon yaqin vaqtda nihoyasiga etishi kerakligi qayd etildi. Ayni yo’nalishdagi barcha ma’lumotlar batafsil o’rganib chiqilgach, loyiha-baxolash xujjati tayyorlanadi. Ushbu xujjat tasdiqlangach 2020 yilning yanvar oyidan loyiha-baxolash xujjati asosida ishlar boshlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq