«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) chiroyli mobil raqamlarga 50% chegirma taqdim etiladi
18.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 15-iyuldan boshlab «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) “O‘zRTXB” AJning mobilraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-auksion orqali sotiladigan chiroyli raqamlar kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamlar aksiyasini boshladi.

Aksiya doirasida, chiroyli mobil raqam xaridorlari uchun quyidagi bonuslar taqdim etiladi:

– 2019-yil 31-dekabrgacha birjaning veb-saytida xarid qilingan mobil raqamining boshlang‘ich narxiga 50% chegirma.

– 2019-yil 16-oktabrgacha birjaning veb-saytida mobil raqamlarni xarid qilgan abonentlar uchun atigi 1 so‘m evaziga bir martalik bonus sifatida O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 10 000 daqiqa beriladi.

Batafsil ma’lumot uchun Ucell kompaniyasining abonentlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga (+99893) 180-00-00 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «COSCOM» MChJ (Usell savdo belgisi) 2019-yil 4-iyundan boshlab pulli toifadagi mobil raqamlarini mobilraqam.uzex.uz veb-saytida birjaning elektron savdo tizimiga qo‘yib bormoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq