Uzcard va YUNISTRIM hamkorlikda pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi yangi xizmat turini havola etdi
17.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Uzcard kartalari hamda Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalari YuNISTRIM xalqaro tizim orqali pul o‘tkazmalarini qabul qiladi.

Shu kunlarda YUNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini O‘zbekiston Respublikasida joriy etilishiga doir kelishuvga erishildi. Unga binoan, Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga Rossiya Federatsiyasi hamda MDH davlatlaridan pul o‘tkazmasini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

YUNISTRIM tizimi orqali xalqaro miqyosda pul o‘tkazmasini amalga oshirish xizmatining qulayliklari quyidagilar:

— Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga bir zumda pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;

— Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga komission to‘lovlarsiz pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;

YuNISTRIM xalqaro tiziminig xizmatlari bank va savdo shahobchalarida onlayn-tartibda mijozlar e’tiboriga havola etiladi.

“Uzcard va YuNISTRIM o‘rtasida hamkorlikka erishilgani, karta egalari uchun onlayn-tartibda pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatini yaratdi. Endilikda, pul o‘tkazmasini qabul qilish uchun bankga borish ehtiyoji qolmadi. Pul mablag‘ini yuboruvchi shaxs Uzcard kartasining raqamini va egasining ism, sharifini bilishi kifoya. Dollar, yevro va rubl pul birliklarini yuborish jarayoni komission to‘lovlarsiz amalga oshiriladi hamda avtomatik ravishda, so‘m pul birligimizga konvertatsiya qilinadi”, — deb ta’kidlaydi YaUPM Bosh direktora Maxmudov Axror.

YUNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimi 2001-yildan boshlab o‘z faoliyatini olib boradi va Rossiya Federatsiyasida yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. YUNISTRIM tizimi orqali onlayn-tartibda hamda mobil ilova orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bugungi kunga kelib, 300 dan ortiq bank hamda chakana savdo tarmoqlari ushbu tizim xizmatlarini mijozlarga havola etib kelmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq