Texnopark rezidenti maqomini olishga kimlar talabgorlik qiladi?
16.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (589-son, 15.07.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish Texnoparkning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.

Unga koʻra, yuridik shaxs roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.

Direksiya 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 5 ish kunida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

Direksiya shartnoma tuzilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq