O‘zbekiston jahonning qayd qilingan internet reytingida 8 pozitsiya yuqoriga ko‘tarildi
16.07.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net sеrvisi(xizmati)ning ma’lumotlarini Speedtest Global Index har oylik reytingi bo‘yicha e’lon qildi. Unda 2019-yil iyun oyi natijalari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli Internet tezligi haqidagi ma’lumotlar berilgan. O‘zbekiston qayd etilgan Internet tezligi bo‘yicha barqaror o‘sishni ko‘rsatdi va 8 pozitsiya yuqoriga ko‘tarildi.

Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda simli Internetning o‘rtacha tezligi 13,5 Mbit/s. dan oshdi. 2019-yil aprel oyidan iyun oyigacha 16.22 Mbit/s. (Upload) ga o‘sdi. Mamlakatimiz jahonning 180 ga yaqin davlatidan umumiy reytingda 116-o‘rinni egalladi (8 pozitsiyaga ko‘tarildi). Bu juda barqaror o‘sishdir! Mamlakatimiz ikki oy mobaynida, qayd etilgan Internet reytingida hatto, Ozarbayjonni ham o‘zib o‘tdi.

Mobil Internet tezligi jihatidan O‘zbekiston yana bir bor pozitsiyasini ikki o‘ringa pasaytirib, 132-o‘rinni egalladi.

Speedtest tezlikni hisoblab va ulanishda foydalanish tezligini tekshirish uchun sеrvis foydalanuvchilaridan olingan ma’lumotlarga muvofiq, xususiy ma’lumotlari asosida, reytingni shakllantiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq