UNICA tashkiloti vakillari bilan O‘zbekistonda doktorantura tizimini rivojlantirish masalasi muhokama etildi
12.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yevropa poytaxtlari universitet tarmoqlari (UNICA) tashkilotining bosh kotibi Kris Dejonkere boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda delegatsiya a’zolaridan Zagreb Universiteti professori Melita Kovachevich hamda UNICA loyihasi rahbari Aureli Dyushato, Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xaynts, boshqarma boshliqlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda O‘zbekistonda oliy ta’lim bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va oliy ta’lim sohasidagi milliy siyosatimizning holatini o‘rganishga qaratilgan “O‘zbekistonda doktorlik ta’limi sifatini oshirish — UzDOC 2.0” xalqaro loyihasining natijalari muhokama etildi. UZDOC 2.0 loyihasining asosiy maqsadlari ¬ — O‘zbekiston OTMlaridagi doktorantura ta’limi salohiyatini Yevropa oliy ta’lim kengligiga hamohang ravishda rivojlantirish, doktorantura ta’limining sifatini milliy standartlarga muvofiq takomillashtirish, doktorantura ta’limida islohotlarni amalga oshirish doirasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirishdan iborat. Shuningdek, loyiha doktoranturada tayyorlanayotgan kadrlarni ishlab chiqarish (ish buruvchi) talabalariga mos ravishda, ko‘nikmalarga ega bo‘lishida hamda ishlab chiqarish va OTM o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

O‘z navbatida, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugungi kunda o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali ilm-fanni targ‘ib qilish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani haqida so‘zladi. Oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni boshqarishning elektron tizimi yaratilgani to‘g‘risida gapirarkan, doktoranturaga hujjatlarni topshirish, ro‘yxatga olish elektron tizimini joriy qilish, doktorantlarning shaxsiy rejasini bajarilishini monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirilganini ta’kidladi.

— Ushbu dastur oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limga qabul mexanizmini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash, ortiqcha qog‘oz sarflanishiga chek qo‘yish, kvotalar shakllantirish jarayonini elektron shaklga o‘tkazish imkonini berdi, ¬ — dedi I. Abdurahmonov.

Kris Dejonkere UZDOC 2.0 loyihasi joriy yilning oktabr oyida yakuniga yetganidan so‘ng, uning natijalari tahlil qilinib, doktorantura sohasidagi keyingi loyihalarda hamkorlik qilish taklifini berdi. Vazir Yevropa poytaxtlari universitet tarmoqlari (UNICA) tashkiloti bilan aloqalarni mustahkamlashga hamisha tayyor ekanini bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq