SMS-xabar yoki @HUMOcardbot orqali xabar olishni iste’molchining o‘zi tanlaydi
12.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

15 iyuldan 11313 qisqa nomeridan kiruvchi xabarlar uchun haq miqdori 42,1 dan 84,2 so‘mgacha oshiriladi. Bu kompaniyaning – HUMO, «INFO ZONE» MChJ to‘lov tizimida SMS-xabarlarni yetkazib beruvchining xarajatlari oshishi, ya’ni aynan mobil operator tomonidan SMS narxlarining oshirilishi bilan bog‘liq.

HUMO kartalari egalariga bank kartalari orqali operatsiyalar to‘g‘risida axborot olishning muqobil usuli – @HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy boti yordamida axborot olish taklif etiladi.

Sinov davri doirasida xizmatning bepul ko‘rsatilishi davom etadi. Keyinchalik foydalanuvchiga tanlash imkoniyati taqdim etiladi: u bu xizmatdan haq to‘lab foydalanishi yoki xizmatni uzib qo‘yishi mumkin. Xizmatning narxlari keyinroq belgilanadi.

@HUMOcardbotning afzalliklari:

1) uy va roumingdagi foydasi — kiruvchi SMS uchun haq to‘lanmaydi;

2) Telegram messenjerning barcha qulayliklaridan foydalaniladi;

3) sinov davri doirasida xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun bankda SMS-xabarni faollashtirish zarur. Bank xodimlari iste’molchiga xizmatni faollashtirishda amaliy yordam beradilar. Keyin telegramm-botni ishga tushirish va shaxsiy raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq