Uzcard statistik ma’lumotlar: 2019-yilning II chorak natijalari
11.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining (YaUPM) statistik ma’lumotlariga binoan, 2019-yilning 2-chorak natijalari bo‘yicha qator ko‘rsatkichlar stabil o‘sishni namoyon etdi.

Joriy yilning 1-choragida elektron kommertsiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 75,39 mln. ni tashkil etib, 2019-yilning o‘tgan 1-choragida belgilangan 73,78 mln.lik holatiga nisbatan 1,61 mln. so‘m farq bilan 2,2 foizlik o‘sishni qayd etdi.

2019-yilning 1-choragida elektron kommertsiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 3 515 570 mln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yilning 1-chorakida qayd etilgan 2 516 316 mln. so‘mga nisbatan 999 254 mln. so‘m farq bilan 13,9 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 2-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 135,38 mln. tani, miqdorda esa 19 737 751 mln. so‘mni tashkil etib, 2019-yilning 1-chorakdagi holatiga nisbatan 2,7 foizlik yoki 15 166 740 mln. so‘mlik farq bilan o‘sishni namoyon etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 15 181 356 mln.tani, miqdorda esa 6 224 313 mln. so‘mni tashkil etdi. 2019-yilning 1-choragida ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdorda esa 5 939 327 mln. so‘mlik holatda 2-chorak natijalariga ko‘ra 284 986 mln. so‘mlik farq bilan 4,8% o‘sish belgilandi.

YaUPM ning statistik ma’lumotlariga tayangan holda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni joriy yilning 2-choragida 1 069 149 ta plastik kartani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilning 1-chorakdagi 1 052 816 talik holatiga nisbatan 963 863 ta farq bilan 1,5 foizlik o‘sish belgilandi.

Natijada, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan banklar o‘rtasida plastik kartalar emissiyasi bo‘yicha quyidagi yetakchi uchlik aniqlandi:

1-o‘rin: Xalq banki — 215 370;

2-o‘rin: Agrobank — 182 375;

3-o‘rin: Ipoteka bank — 108 237.

Bugungi kunga kelib, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulangan Uzcard plastik kartalar soni 5 742 002 donani tashkil etdi. Ta’kidlab o‘tish joizki, YaUPM mamlakatimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan 29 ta bank hamda 40 dan ortiq to‘lov tizimlariga protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq