To‘q sariqdan oq rangga: Odnoklassniki iOS da mobil ilova dizaynini yangilagani haqida
10.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Оdnoklassniki tomonidan iOSdagi mobil ilova firma to‘q sariq rangi ikkinchi darajaga olib qo‘yildi. Keyingi bosqich — Android-ilovani qayta dizaynlashtirish hamda veb-versiya va mobil ilovalarni unifikatsiya qilishdan iborat.

2018-yil davomida Odnoklassniki mahsulotlarga zamonaviy va oddiy tus berish uchun dizayn-kontseptlar ishlab chiqqan edilar. Veb-versiyada video va sovg‘alar vitrinalari yangilandi, iOSdagi OKning mobil versiyasi esa joriy yilda to‘liq yangilandi.

Ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarning diqqatini kontentga jamlash va uning qo‘llanilishini qulay qilish uchun sarlavhalardan to‘q sariq rangni olib tashlashdi va ularda moslikni saqlab qolish uchun firma shriftini qo‘llashdi. Mobil ilovaning yangi versiyasidagi ichki ekranlarda navigatsiya o‘zgardi va foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga muqovani qo‘shishning imkoniyati joriy etildi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, iOSdagi mobil ilovadan foydalanadigan OKning ko‘plab foydalanuvchilari — bu 25 dan 34 yoshgacha texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lgan, o‘zgarishlarga xayrixoh odamlardir. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq uchun ushbu auditoriyaning tilaklariga muvofiq kelish va uni o‘z platformalarida ushlab qolish uchun dizaynda zamonaviy trendlarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.

«Biz o‘z raqobatchilarimiz o‘rtasida manfaatli ajralib turish uchun bosh sahifani qayta ishlab chiqdik. Odamlar o‘z sahifalarini mustaqil ravishda bezashni yoqtirishadi va OK ularga shunday imkoniyatni taqdim etadi. Foydalanuvchilar kayfiyatga bog‘liq ravishda bosh sahifadagi muqovani almashtira olishadi, shuningdek uni do‘stlarning sovg‘alari bilan bezash mumkin», — deydi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i dizayn bo‘limi boshlig‘i Aleksey Cherepenenkov.

Grafika — redizayn orqali o‘tgan ijtimoiy tarmoq interfeysining yana bir elementidir. OK rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoqning har xil bo‘limlariga hamrohlik qiladigan barcha illyustratsiyalar uslubi bo‘yicha bir-biridan farqlana boshladi. Buning oldini olish uchun Odnoklassniki jamoasi bir necha oy davomida yagona echimni izladi. Ijtimoiy tarmoq oldida OK ehtiyojlarini qondirish, yorqin, jozibador va barchaning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘lish kabi bir necha parametrlarga javob beradigan shunday bir variantni topish vazifasi turar edi. Shunday qilib illyustratsiyalarda to‘rtta qahramon – turli rangdagi emodzi-basharalar paydo bo‘ldi.

«Biz bir necha sabablarga ko‘ra joriy variantda to‘xtaldik. Birinchidan, yorqin ranglar— bu trend. Biz dunyoga quloq solish va u so‘rayotgan narsani berishni istaymiz. Agar kelgusi yilda qandaydir boshqa narsa modaga aylansa, biz tezda yangi so‘rovlar ostiga moslashib olamiz», — deydi Cherepenenkov.

Ijtimoiy tarmoqda bir kunda yangilanishni o‘tkazib qo‘yishmaydi, negaki foydalanuvchilar haqida qayg‘urishadi. Alekseyning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yangi chiroyli ashyolarni yoqtirishadi, telefonlar, kiyim va avtomobillarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishadi, ammo ulardan foydalanish ko‘nikmasining keskin o‘zgarishini yoqtirishmaydi.

«Foydalanuvchilarga zamonaviy avtomobilning tor joyda parkovka qilishdek murakkab ishni o‘ziga ola olishi yoqadi, ammo ular odatiy rul o‘rniga kompyuter qurilmasi joystigini ishlatishni xohlashmaydi», — deydi Aleksey.
Ijtimoiy tarmoq dizayn jamoasida Moskva, Sankt-Peterburg va Rigadan turib ishlovchi 10 nafarga yaqin odam bor. Ular orasida loyihalovchilar va illyustratorlar bor. Loyihalovchilar vizual ergonomika va dizayn nuqtai nazaridan foydalanuvchilar uchun ularni qulay qilgan holda servislarni doimiy ravishda takomillashtirishadi. Illyustratorlar piktogrammalarni ham qo‘shganda barcha vizual elementlar, avtorizatsiyalashtirish sahifasi uchun katta illyustratsiyalarni yaratishadi, videotranslyatsiyalarda qo‘shilgan hayotiylikning uch o‘lchamli qiyofalarini chizib chiqishadi, bayramlarga animatsiya qilingan roliklarni yaratishadi.

«Bizning jamoaga eng yaxshi mutaxassislar qabul qilinadi: har biri o‘z sohasida juda ham boy ish tajribasiga ega va o‘z ishiga muhabbat bilan yondashadi. Axir sening servisingdan o‘n millionlab odamlar foydalanib turganda, bundan boshqacha bo‘lishi mumkinmi?», — o‘z so‘zini yakunlaydi Aleksey.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq