Yashirilgan telefonlar fosh qilindi
09.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro R. O. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli yengil avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina saloni hamda yukxonasida fuqaro R.D.ga tegishli bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi, umumiy qiymati qariyb 30,5 million so‘mlik 312 dona mobil qo‘l telefon apparatlari va 141 dona mobil qo‘l telefon apparatining batareykalari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq