“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi
05.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Qonun matni bilan “Xalq so‘zi” nashrining veb-sahifasi va O‘zA saytida tanishish mumkin.
Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi.
Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi (3-modda).
Shuningdek, Qonunga ko‘ra Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi (27-modda), Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart ekanligi (28-modda) belgilab qo‘yilgan.
Qonun 2019-yilning 1-oktyabridan kuchga kiradi.
- « 2019-yil I va II chorakda chet el valyutasini (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyul kunidagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qarori »